Python: Har bir sohada muvaffaqiyatning sirli tarkibiy qismi. II

note: Maqolaning birinchi qismini ham saytdan qidiruv maydoniga Pyhton deb yozib topishingiz mumkin

 Rasm tikka chopilgan!

 

6. System Administration

ℹ️  System Administration - tizimlar va tarmoqlarni boshqarish, tizimning ish faoliyatini kuzatib borish, xavfsizlikni ta'minlash va tarmoq bilan ishlashni o'z ichiga oladi.

📊  Stack Overflow Survey va GitHub Octoverse 2023 - yilgi statistikalariga ko'ra, system administratorlar orasida Python 45%dan ortiq qo'llaniladi va yana Githubda tizim skriptlarini ishlab chiqish bo’yicha o’z mavqeyini mustahkamlab oldi.

🐍  Python System Administratorlar uchun imkoniyatlari: os, subprocess, shutil va psutil kabi modullari bilan operatsion tizimning fayllarini boshqarish, jarayonlarni kuzatish va ularni avtomatlashtirish ancha oson va samarali hisoblanadi. Ansible va SaltStack vositalari orqali serverlarni boshqarish va avtomatlashtirish mumkin.

💻  Facebook: Tizim ishlash jarayonlarida serverlarni monitoring qilish va muammolarni avtomatik ravishda tuzatish uchun Python skriptlaridan foydalanadi.

Red Hat: Linux serverlarini boshqarish uchun Python asosidagi avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalaniladi.

 

7. Desktop Application Development

ℹ️  Desktop Application - kompyuterlarda to'liq mustaqil ishlovchi dasturiy ta'minot yaratish jarayoni. Bu ilovalar foydalanuvchi interfeysi va o'ziga xos funksiyalar bilan ishlaydi.

📊  Stack Overflow Survey'ga ko'ra, desktop ilovalarni ishlab chiqarishda Pythonning foydalanish ko'rsatkichi so'nggi yillarda 30% dan oshdi. Bu yunalishda yetakchilar Java va C++ bo’lishiga qaramasdan Python ham bozorda o’z o’rnini topayabdi.

🐍  Python Desktop Application Development imkoniyatlari: Tkinter, PyQt, Kivy, va wxPython kabi kutubxonalar mavjud. Ushbu kutubxonalar grafik interfeys yaratishga imkon beradi. Tkinter - eng keng tarqalgan, sodda va samarali vosita. PyQt va Kivy esa kengaytirilgan interfeys yaratish uchun juda mos keladi.

💻  Dropbox: Dastlab Python yordamida ishlab chiqilgan va hozir ham asosiy desktop versiyalari Python kutubxonalaridan foydalanadi.

BitTorrent: Torrent protokoli asosida ishlovchi dastur ham Python va wxPython asosida yaratilgan.

 

8. DevOps Automation

ℹ️  DevOps - dastur ishlab chiqish va IT jarayonlarini yo’lga quyish va avtomatlashtirish orqali tizimlarni boshqarish jarayonlarini osonlashtirish(G’alati so’zlar ko’payib ketdi Tizimlarni doimiy va xavfsiz ishlashini taminlash deyish mumkin soddaroq tarzda).

📊  Stack Overflow Developer Survey ma'lumotlariga ko'ra, Python DevOps avtomatlashtirishda 35% dan ortiq ishlatiladi. Python asosan Skriptlar yozishda, monitoring, loglarni qayta ishlash va kontainerlashda Asosiy til sifatida kirib kelmoqda.

🐍  Python DevOps Automation imkoniyatlari: Ansible, Fabric, SaltStack va Chef kabi vositalar serverlarni sozlash va ish jarayonlarini avtomatlashtirishda keng qo'llaniladi. Shuningdek, Docker va Kubernetes moslashtirishlarini ham Python yordamida amalga oshirish mumkin.

💻  Google: DevOps va tizim avtomatizatsiyasi uchun ko'plab Python asosidagi vositalarni qo'llaydi. Python, Google Cloud Platform (GCP) va boshqa ichki asboblarni yaratishda va boshqarishda ishlatiladi

Amazon Web Services: AWS Python yordamida bulutli xizmatlarni boshqarish va avtomatlashtirish uchun kengaytirilgan SDK'larni taqdim etadi. AWS CLI va Boto3 (Python kutubxonasi) Python dasturlash tilida yozilgan.

 

9. Robotics va Control Systems

ℹ️  Robototexnika va Control Systems - qurilmalarni harakatlantirish va ular bilan aloqa o'rnatish uchun dasturiy ta'minotlarni yaratish.

📊  Python asosida robototexnika bilan bog'liq repozitoriyalar(Dasturlar deyishimiz mumkin) GitHub'da 2023-yilda 30,000 dan ortiq repozitoriyani tashkil etdi. Robototexnika bo'yicha dunyodagi 50+ ta yetakchi universitetlardan 80% dan ortig'i dasturlash tili sifatida Pythonni tanlashgan.

🐍  Python Robotics va Control Systems imkoniyatlari: ROS, Pygame, OpenCV, PySerial: Pythonning ROS (Robot Operating System) bilan integratsiyasi robototexnika sohasida keng foydalaniladi. Boshqaruv tizimlari uchun Pygame, OpenCV, va PySerial kutubxonalari hambor. Pygame - 2D o’yinlar yaratishda, OpenCV - Identify yani tasvirlarni, inson yuzini yoki turli obyektlarni tanib oluvchi tizimlarida, PySerial esa mikroprotsessorlar bilan aloqa qilishda qo'llaniladi.

💻  NVIDIA: Python kutubxonalari (TensorFlow, PyTorch) orqali robototexnika va boshqaruv tizimlari uchun AI modellarini yaratish va qo'llash imkonini beradi.

Tesla: Avtomatik boshqaruv tizimlarida Python kutubxonalaridan foydalanib, boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqadi.

 

10. Game Development

ℹ️  O'yinlar yaratish jarayoni grafik interfeys va murakkab mexanikani birlashtirishni o'z ichiga oladi.

📊  Aniq statistik malumotlarni topa olmadim bu yunalishda chunki bu yunalishda Dinazavr tillar C++, C#, Java yetakchi hisoblanadi Bu degani Pythonning ushbu sohadagi imkoniyatlar yo’q degani emas hosirgi kunda ham faol foydalanib kelinmoqda ammo kelachakda Game Developmentda AI(Suniy Intellekt) boshqaruviga oid qismlarga Python juda katta ta’sir ko’rsatishi taxmin qilinmoqda.

🐍  Python Game Development imkoniyatlari: Pygame - o'yin mexanikasi va grafik interfeys yaratish uchun juda qulay. Panda3D va PyOpenGL kabi vositalar ham 3D o'yinlarni yaratishda qo'llaniladi.

💻  Battlefield 2 - bu harbiy taktika o'yini. Python o'yinning server tomonidagi modifikatsiyalar va sozlamalar uchun ishlatilgan.

Baba Is You - bu muammoni yechish o'yini bo'lib, Python o'yin prototiplarida ishlatilgan.

 

       Bu maqola (agar maqola deb bo’lsa maqolacha deymiz) yordamida Pythonning turli sohalardagi imkoniyatlari haqida sizlarda tushuncha hosil qila olgan bo’lsam men maqsadimga erishdim. IT olamida yuqorida keltirilgan 10 ta yo’nalishdan birortasini tanlasangiz bu sizga boshlang’ich va universal yo’l vazifasini o’tay oladi. Albatta bitta yo’nalishda yuqori darajaga erishish uchun birgina texnologiya yetmaydi, har bir texnologiyaning ham ustunlik va kamchiliklari mavjud lekin sizning birinchi ishingizni boshlash uchun Python katta yordam beradi. Yana bir gap Ustoz Oogway Po(panda) ga aytgan o’sha sirli masalli bu Pyhton edi😀🤭.

 

note: Maqolani yozishda AI texnologiyalari yordamidan ham foydalanildi ammo umumiy malumotlar bir necha saytlardan olingan holda tayyorlangan, Misol sifatida keltirilgan dasturlar haqidagi malumotlar 90% i tekshirib chiqilgan. Statistik malumotlar ham bir necha statistik malumotlarni taqdim etuvchi platformalardan olib umumiylashtirildi.

 

Agar maqolani o'qib ketgizgan vaqtingiz uchun achinmagan bo'lsangiz xursandman!

Izohlar